Mutaxassislarimizdan tibbiyot yangiliklari, salomatlik bo'yicha foydali maslahatlar va maqolalar
Urologiya sohasidagi so’nggi yangiliklar va innovatsion muolajalar.
Sog'lom turmush tarzi va erkaklar salomatligini saqlash bo'yicha tavsiyalar.Batafsil ma'lumot olish uchun shifokor ko'rigiga yoziling.
Lazer yordamida jarrohlik amaliyotlarining afzalliklari va samaradorligi.Batafsil ma'lumot olish uchun shifokor ko'rigiga yoziling.
Buyrak toshlari paydo bo'lishining sabablari va ularni oldini olish yo'llari haqida batafsil ma'lumot.Batafsil ma'lumot olish uchun shifokor ko'rigiga yoziling.
Erkak bepushtligi bugungi kunda jiddiy muammolardan biri bo‘lib, har 10 juftlikdan kamida bittasi farzand ko‘rish muammosiga duch keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar omili 40–50% hollarda bepushtlik sababchisi hisoblanadi. Bu holatning eng og‘ir shakllaridan biri — azospermiya bo‘lib, bu spermada spermatozoidlarning butunlay yo‘qligi bilan tavsiflanadi.Azospermiyaning turlari:1. Sekretsion (Non-obstruktiv) azospermiyaMoyaklar spermatozoid ishlab chiqarmaydi yoki juda kam ishlab chiqaradi.Sabab — gormon, genetika yoki moyakning o‘zi zararlangan.2. Obstruktiv (to‘siqli) azospermiyaSperm ishlab chiqiladi, ammo chiqib ketish yo‘llarida to‘siq bor.Masalan: urug‘ yo‘llari tiqilib qolgan, tug‘ma yo‘llar yo‘q, yallig‘lanishdan keyin yopishish. 3. Aralash (kombinatsiyalashgan)Ikkala muammo — ham ishlab chiqish past, ham chiqish yo‘llarida to‘siq.Kelib chiqish sabablari:1. Sekretsion azospermiya sabablariGormonal buzilish (FSH, LH, testosteron past)Moyak yetishmovchiligi (Klinefelter sindromi)Moyakning jarohatiVarikosele (urug‘ simlari kengayishi)Infeksiya (mumps — “svinka” kasalligi)Radiatsiya / kimyoviy moddalarga ta’sirAnabolik steroidlar (sportchilar ko‘p ishlatadi) 2. Obstruktiv azospermiya sabablariEjakulyatsiya yo‘llarida tiqilishTug‘ma urug‘ yo‘llarining yo‘qligi (CBAVD)Prostatitdan keyingi yopishishJarrohlik asoratlariVazektomiya qilgan bo‘lsa 3. Boshqa sabablarQandli diabet (retrograd ejakulyatsiya)Stress, semizlik, chekishGiyohvandlikZaharli moddalar (qurilish changi, pestitsidlar)Davolash turlari:1. OBSTRUKTIV (TO‘SIQLI) AZOSPERMIYA DAVOSIBu turdagi azospermiya ko‘p hollarda to‘liq davolanadi.Urug‘ yo‘llarini ochish operatsiyasiVarikosele operatsiyasiYallig‘lanishni davolashEjakulyatsiya yo‘llarini endoskopik ochishNatija juda yuqori.
Protein va aminokislotalarning o‘z-o‘zidan jinsiy zaiflikka sabab bo‘lishi haqida hech qanday isbotlagan ma’lumot berilmagan.Biroq ayrim hollarda quyidagi sabablarga ko‘ra bilvosita salbiy ta’sir bo‘lishi mumkin:1. Gormonal muvozanatga ta’siri2. Buyrak va jigar faoliyatiga yuklama1) Buyraklarga yuklama oshadi → testosteron pasayishiJuda ko‘p protein ichish buyraklarni charchatadi.Buyraklar zo‘riqsa, organizm stress gormonlari (kortizol) ishlab chiqaradi.Kortizol ko‘payganda testosteron kamayadi — bu erkaklarda jinsiy kuchning pasayishiga olib keladi.2) Suv yetishmasligi (dehidratatsiya)Protein ichgan odam ko‘p suv ichishi kerak. Yetarli suv ichilmasa:qon quyuqlashadiqon aylanish susayadijinsiy a’zolarga qon oqimi kamayadi: ereksiya sustlashishi mumkin.Doza oshsa – gormonlar balansiga ta’sir qiladiAminokislotalarni haddan ortiq ichish organizmda:kortizol↑insulin↑testosteron↓kabi o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.Protein va aminokislotalar o‘zi zararli emas!To‘g‘ri foydalanilsa hech qanday jinsiy zaiflik keltirib chiqarmaydi.Muammo faqat:dozani oshirib yuborishsuv kam ichishorganizmga mos kelmaydigan qo‘shilmalar ichishdam olmasliknoto‘g‘ri kombinatsiya
Testosteron kamligi (gipogonadizm) erkaklar organizmida testosteron gormoni yetarli darajada ishlab chiqmaslik holatdadir. Bu holat turli yoshda uchrashi mumkin. Uning asosiy belgilari quyidagilardir : Jismoniy va ruhiy belgilar:Charchoq, energiya yetishmasligiDepressiya, tushkun kayfiyatMotivatsiya pasayishiEslab qolish yoki diqqatni jamlashda qiyinchilikUyqusizlik yoki uyqu sifatsizligi Erkaklik belgilarining zaiflashuvi:Jinsiy xohishning pasayishi (libido kamayishi)Erektsiya (olat qattiqlashishi ) bilan bog‘liq muammolarSperma miqdori yoki sifati kamayishiTana sochlarining kamayishiKo‘krak bezlarining kattalashuvi (ginekomastiya) Tana holatidagi o‘zgarishlar:Mushak massasining kamayishiYog‘ to‘planishi, ayniqsa qorin sohasidaSuyak zichligining pasayishi (osteoporoz xavfi)Tana vaznining ortishi Yosh bolalarda yoki o‘smirlarda: Ikkinchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi (masalan, ovozning oʻzgarishi, tana sochlari chiqmasligi)Bo‘y o‘sishining sustligiJinsiy a'zolarning kichikligi Sabablari:Yoshi katta bo‘lish (40–50 yoshdan keyin tabiiy ravishda pasayadi)Surunkali kasalliklar (qandli diabet, jigar kasalliklari,semizlik)Gormonlar muvozanatining buzilishiStress, uyqusizlik, noto‘g‘ri ovqatlanishAyrim dorilar yoki narkotiklar ta’siri
Qovuq siydik nayi reflyuksi (lotincha nomi: vesicoureteral reflux yoki qisqacha VUR) — bu siydik pufagidagi siydikning orqaga, ya'ni buyrakka qarab oqib ketish holatidir. Normalda siydik buyraklardan siydik naylari (ureterlar) siydik pufagiga tushadi va orqaga qaytmaydi. Ammo reflyuksda bu mexanizm buziladi va siydik orqaga oqib, buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. VUR sabablari:Tug‘ma sabablar (birlamchi VUR) –siydik nayining siydik pufagiga qo‘shilgan joyida anatomik nuqson bo‘ladi.Orttirilgan sabablar (ikkilamchi VUR) – siydik pufagidagi bosim ortishi yoki surunkali infeksiyalar tufayli paydo bo'ladi. VUR belgilari:Siydik yo‘llari infektsiyasi (tez-tez takrorlanadigan)Belda ogʻriqIssiqlik (harorat koʻtarilishi)Siydikda qonBolalarda siydik ushlab tura olmaslik yoki tungi ho‘llab qo‘yish Tashxis qo‘yish usullari:Siydik tahlili (infeksiya borligini aniqlash uchun)Ultratovush tekshiruvi (UZI) – buyrak va siydik yo‘llarining holatini ko‘rsatadiMCUG (miktsion sistoureterografiya) – maxsus rentgen tekshiruvi, siydik pufagiga kontrast modda yuborilib reflyuks darajasi aniqlanadi Davolash:Yengil holatlarda antibiotik bilan infeksiyani oldini olish va bolani kuzatib borishOg‘ir yoki takroriy holatlarda jarrohlik amaliyoti (masalan, ureterni to‘g‘rilash yoki implantatsiya)VUR kimlarda uchraydi?Ko‘proq bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda mavjud.Qiz bolalarda ko‘proq kuzatiladi.Siydik yo‘llari infeksiyasi bilan og‘rigan bolalarda bu kasallik tekshirilishi zarur.