Erkak bepushtligi bugungi kunda jiddiy muammolardan biri bo‘lib, har 10 juftlikdan kamida bittasi farzand ko‘rish muammosiga duch keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar omili 40–50% hollarda bepushtlik sababchisi hisoblanadi. Bu holatning eng og‘ir shakllaridan biri — azospermiya bo‘lib, bu spermada spermatozoidlarning butunlay yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
Azospermiyaning turlari:
1. Sekretsion (Non-obstruktiv) azospermiya
- Moyaklar spermatozoid ishlab chiqarmaydi yoki juda kam ishlab chiqaradi.
- Sabab — gormon, genetika yoki moyakning o‘zi zararlangan.
2. Obstruktiv (to‘siqli) azospermiya
- Sperm ishlab chiqiladi, ammo chiqib ketish yo‘llarida to‘siq bor.
- Masalan: urug‘ yo‘llari tiqilib qolgan, tug‘ma yo‘llar yo‘q, yallig‘lanishdan keyin yopishish.
3. Aralash (kombinatsiyalashgan)
- Ikkala muammo — ham ishlab chiqish past, ham chiqish yo‘llarida to‘siq.
Kelib chiqish sabablari:
1. Sekretsion azospermiya sabablari
- Gormonal buzilish (FSH, LH, testosteron past)
- Moyak yetishmovchiligi (Klinefelter sindromi)
- Moyakning jarohati
- Varikosele (urug‘ simlari kengayishi)
- Infeksiya (mumps — “svinka” kasalligi)
- Radiatsiya / kimyoviy moddalarga ta’sir
- Anabolik steroidlar (sportchilar ko‘p ishlatadi)
2. Obstruktiv azospermiya sabablari
- Ejakulyatsiya yo‘llarida tiqilish
- Tug‘ma urug‘ yo‘llarining yo‘qligi (CBAVD)
- Prostatitdan keyingi yopishish
- Jarrohlik asoratlari
- Vazektomiya qilgan bo‘lsa
3. Boshqa sabablar
- Qandli diabet (retrograd ejakulyatsiya)
- Stress, semizlik, chekish
- Giyohvandlik
- Zaharli moddalar (qurilish changi, pestitsidlar)
Davolash turlari:
1. OBSTRUKTIV (TO‘SIQLI) AZOSPERMIYA DAVOSI
Bu turdagi azospermiya ko‘p hollarda to‘liq davolanadi.
- Urug‘ yo‘llarini ochish operatsiyasi
- Varikosele operatsiyasi
- Yallig‘lanishni davolash
- Ejakulyatsiya yo‘llarini endoskopik ochish
Natija juda yuqori.