Testosteron kamligi (gipogonadizm) erkaklar organizmida testosteron gormoni yetarli darajada ishlab chiqmaslik holatdadir. Bu holat turli yoshda uchrashi mumkin.
Uning asosiy belgilari quyidagilardir :
Jismoniy va ruhiy belgilar:
- Charchoq, energiya yetishmasligi
- Depressiya, tushkun kayfiyat
- Motivatsiya pasayishi
- Eslab qolish yoki diqqatni jamlashda qiyinchilik
- Uyqusizlik yoki uyqu sifatsizligi
Erkaklik belgilarining zaiflashuvi:
- Jinsiy xohishning pasayishi (libido kamayishi)
- Erektsiya (olat qattiqlashishi ) bilan bog‘liq muammolar
- Sperma miqdori yoki sifati kamayishi
- Tana sochlarining kamayishi
- Ko‘krak bezlarining kattalashuvi (ginekomastiya)
Tana holatidagi o‘zgarishlar:
- Mushak massasining kamayishi
- Yog‘ to‘planishi, ayniqsa qorin sohasida
- Suyak zichligining pasayishi (osteoporoz xavfi)
- Tana vaznining ortishi
Yosh bolalarda yoki o‘smirlarda:
- Ikkinchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi (masalan, ovozning oʻzgarishi, tana sochlari chiqmasligi)
- Bo‘y o‘sishining sustligi
- Jinsiy a'zolarning kichikligi
Sabablari:
- Yoshi katta bo‘lish (40–50 yoshdan keyin tabiiy ravishda pasayadi)
- Surunkali kasalliklar (qandli diabet, jigar kasalliklari,semizlik)
- Gormonlar muvozanatining buzilishi
- Stress, uyqusizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish
- Ayrim dorilar yoki narkotiklar ta’siri
#Tibbiyot
#Sog'liq
#Urologiya
Ulashish: