Tosh paydo bo'lishiga 100% to'sqinlik qiladigan sehrli parhez yo'q .Ammo to'g'ri bo'lmagan ovqatlanish tosh paydo bo'lishiga yordam beradi.
Oziqlanish bo'yicha umumiy tavsiyalar mavjud:
β Og'irlikni normallashtirish;
β Kaltsiyni ko'p iste'mol qilish (sut mahsulotlaridan);
β Ko'p suyuqlik ichish;
β Meva va sabzavotlar;
β Ko'p tolalar, donlar.
β Tuzni o'rtacha iste'mol qilish
β Faqat oksalat miqdori o'ta yuqori bo'lgan ovqatlardan saqlaning (quyruq, ravon, ismaloq, qora shokolad, yong'oq);
β "Oddiy" protein iste'moli. Siz "go'sht yeyuvchi" bo'lishingiz shart emas, lekin go'shtdan ham voz kechishingiz shart emas;
Ko'pgina bemorlar shifokordan "taqiqlangan ovqatlar ro'yxatini" olishni xohlashadi , lekin "urolitiyoz uchun parhez" bu "men nima iste'mol qila olmayman" emas, balki "umuman sog'lom bo'lishim uchun nima ko'proq iste'mol qilishim kerak" degan tushunchani ongga singdirishdir.
Nazorat vositalari:
1. Kundalik siydikni tahlil qilish (biz siydik miqdori, natriy, oksalat, kaltsiy miqdoriga qaraymiz)
2. Tarozi.
Qiziqarli faktlar:
β Qahva tosh hosil bo'lishini kamaytiradi.
β O'rtacha miqdorda alkogol tosh hosil bo'lish darajasini oshirmaydi.
Biroq, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qiladigan odamlarda jigarda o'zgarishlar yuzaga keladi, bu siydik kislotasi va oksalatlarning ko'payishiga olib keladi.
Pivo siydik kislotasi darajasini vaqtincha oshiradi va podagra hujumini qo'zg'atishi mumkin.
β Ko'p miqdorda shirin gazlangan ichimliklar urolitiyoz (ortofosfor kislotasining yuqori darajasi) xavfini oshiradi.
β Qadoqlangan sharbatlar sog'lom emas .